» » Gvatemalada avtobusning jarga qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Gvatemalada avtobusning jarga qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi


Gvatemalada talabalar ketayotgan avtobus jarlikka qulab tushdi. Bu haqda Prensa Libre’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Natijada 8 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi jarohat olgan.

Yo‘l-transport hodisasi San-Markos departamentida yuz bergan. Avtobusdagi 55 nafar talaba sport musobaqasiga borish uchun yo‘lga chiqqan edi.

Haydovchi transport vositasini boshqara olmagan, natijada avtobus 70 metr balandlikdan qulagan. 7 kishi voqea joyida jon bergan, yana 1 kishi shifoxonada vafot etgan.

San-Markos milliy shifoxonasiga og‘ir jarohat olgan 35 kishi keltirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avariya tormoz tizimining nosozligi tufayli yuz bergan.

#SanMarcos | Ocho estudiantes que participar?an en ma?ana deportiva mueren en accidente de bus https://t.co/gHLCqUnaXi pic.twitter.com/ePh9wBGTYX

— C?sar P?rez (@Cperezm_pl) June 21, 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют