» » USAID O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish niyatini bildirdi

USAID O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish niyatini bildirdi


Tashqi savdo vazirligida AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida USAID Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlilik, savdo va ish o‘rinlari yaratish loyihasi doirasida ushbu jarayonning boshlang‘ich bosqichida O‘zbekiston hukumatiga har tomonlama yordam berishga tayyor ekanini qayd etdi.

Muloqot chog‘ida USAID vakillari mamlakat JST a’zosi bo‘lishining muhim sharti sifatida yangilangan tashqi savdo memorandumini ishlab chiqishni taklif qildi.

Mazkur hujjat O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarga taalluqli mavjud vaziyatni to‘lig‘icha o‘zida aks ettirishi sabab muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Shuningdek, USAID O‘zbekistonga texnik ko‘mak berishni ham rejalashtirgan. Gap o‘zining maslahatlari bilan bir necha davlatga JST a’zolari bo‘lishga yordam bergan Yovan Yekich rahbarligidagi ekspertlarni jarayonga jalb etish haqida bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют