» » Tailand sayyohlar uchun eng xavfli mamlakat deb topildi

Tailand sayyohlar uchun eng xavfli mamlakat deb topildi


Buyuk Britaniyaning Endsleigh sug‘urta kompaniyasi sayohat qilish uchun eng xavfli hisoblangan 10 ta mamlakat nomini e’lon qildi, deb yozmoqda Express.

Mutaxassislarning fikricha, sayohat qilish uchun eng xavfli mamlakat — Tailand. 2017-yili kompaniyaga kelib tushgan shikoyatlarning deyarli chorak qismi (23 foizi) aynan Tailand bilan bog‘liq bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni Chili va AQSh egallagan. Bu mamlakatlarning har biriga aloqador shikoyatlar umumiy arzlarning 15 foizini tashkil qilgan.

Shuningdek, Fransiya (7 foiz), Ispaniya (8 foiz) va Germaniya (8 foiz) ham ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Fransiya va Ispaniyada sayyohlar asosan kissavurlik qurboni bo‘lganidan  arz qilgan. Mutaxassislar bu mamlakatga yo‘l olgan sayyohlarga shaxsiy buyumlariga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qiladi.

Shuningdek, turizm uchun eng xavfli mamlakatlar sirasiga Nepal (8 foiz), Peru (8 foiz), Bagama orollari (4 foiz) va Braziliya (4 foiz) ham kirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют