» » Tojikiston va Armaniston MDHdagi eng qashshoq davlatlar ekanligi ma’lum qilindi

Tojikiston va Armaniston MDHdagi eng qashshoq davlatlar ekanligi ma’lum qilindi


Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlararo statistika qo‘mitasi mutaxassislari Tojikiston va Armanistonni MDHdagi eng qashshoq mamlakatlar ekanligini aniqladi, deb xabar beradi “Kommersant.uz”.

Ma’lumotlar 2016-yil yakunlariga ko‘ra keltiriladi. Tojikistondagi qashshoqlik darajasi 2016-yilda 2015-yilga nisbatan 1,3 foizga kamaygan bo‘lsa-da, ushbu mamlakat MDH davlatlari orasida eng yomon ko‘rsatkichga ega. Qashshoqlik darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 29,4 foiz bilan Armaniston egalladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘istonda 2,6 foiz, Qirg‘izistonda 25,4 foiz qashshoqlik darajasi qayd etilgan.

Qo‘mita mutaxassislari O‘zbekiston va Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlarni keltirmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют