» » Amazon kompaniyasi sanksiyalarni chetlab o‘tib, Eron bilan ish olib borganini bildirdi

Amazon kompaniyasi sanksiyalarni chetlab o‘tib, Eron bilan ish olib borganini bildirdi


Amazon internet-riteyleri, AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiyalarning talablariga zid o‘laroq, Eron bilan ish olib borganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Kompaniya vakillarining bildirishicha, 2012—2016-yillar mobaynida Amazon Erondan tashqarida joylashgan, biroq bu mamlakat rahbariyatiga bo‘ysunuvchi shaxslar va tashkilotlarga iste’mol mahsulotlarini sotgan va yetkazib bergan.

Bloomberg’ning qayd etishicha, bu kabi harakatlar Eron tahdidi va Suriyadagi inson huquqlari ahvoli to‘g‘risidagi qonunda ko‘z tutilgan sanksiyalar ostiga tushadi.

Amazon rahbariyati bundan keyin bu mijozlari bilan hamkorlik qilmoqchi emasligini ma’lum qildi.

Sanksiyaga tushgan buyurtmalarning umumiy qiymati 2400 dollar bo‘lib, taqiq ostidagi xaridorlar nafaqat dasturiy ta’minot, balki uy hayvonlari uchun yegulik, shuningdek, liboslar sotib olgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют