» » Samvel Babayan jamoasi Armaniston chempionidan mag‘lubiyat qabul qilib oldi

Samvel Babayan jamoasi Armaniston chempionidan mag‘lubiyat qabul qilib oldi


Jahon Chempionati–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida qisqa muddatli yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 11-fevral kuni Armaniston chempioni – “Alashkert” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Uchrashuv translyatsiyasi YouTube’dagi V SPORT kanalida namoyish etildi. Samvel Babayan jamoasi mazkur bellashuvda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston termasi 83 va 88-daqiqalarda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi.

Mavzuga doir: Armaniston futbol federatsiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qildi

O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi yig‘ini doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini Rossiya Premyer-ligasi vakili – “Amkar” klubiga qarshi o‘tkazib, Igor Sergeyevning yagona goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Mavzuga doir: “Amkar” bosh murabbiyi Gaji Gajiyev o‘zbekistonliklardan haqli tarzda yengilganini tan oldi

Eslatib o‘tamiz, terma jamoaning 2017-yil hisobidan birinchi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini 21–24-yanvar kunlari BAAda tashkil etilgandi. Unda O‘zbekiston avval Daniya U-23 termasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi, keyin esa Gruziya termasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
11 fevral, shanba
Turkiya, Antaliya

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют