» » Donald Tramp o‘zining immigratsiya haqidagi farmoni to‘xtatib qo‘yilishini “xavfli holat” deb ta’rifladi

Donald Tramp o‘zining immigratsiya haqidagi farmoni to‘xtatib qo‘yilishini “xavfli holat” deb ta’rifladi


AQSh prezidenti Donald Tramp uning immigratsiya haqidagi farmoni ijrosi to‘xtatib qo‘yilganidan so‘ng, mamlakatga qochoqlar yana kira boshlaganini “xavfli holat” deb atadi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

“Bizning huquq tizimimiz ishlayotgani yo‘q! Bu xavfli!”, — deb Twitter’dagi sahifasida yozgan AQSh prezidenti, Washington Post gazetasida e’lon qilingan sarlavhani ilova qilgan: “Yetti mamlakatdan kirishga taqiq to‘xtatib qo‘yilganidan beri AQShga kelgan qochoqlarning 77 foizi kiritildi”.

Joriy hafta AQSh Federal apellyatsiya sudi Donald Trampning “Mamlakatni xorijiy terrorchilarning kirishidan himoya qilish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi qayta tiklanmasligi haqida qaror chiqargan edi.

O‘z navbatida, AQSh prezidenti Suriyadan kelayotgan qochoqlarning, shuningdek, yana olti musulmon mamlakat — Eron, Iroq, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolarining mamlakatga kiritilishini taqiqlashga erishishini va’da qilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют