WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » AQShda harbiy samolyot o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi
AQShda harbiy samolyot o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi
AQSh harbiy-havo kuchlarining A-29 Super Tucano shturmchi samolyoti Nyu-Meksiko shtatida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda Xolloman aviabazasining ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Halokat 22-iyun, juma kuni ertalab Xolloman harbiy bazasidan 100 kilometr uzoqlikda yuz bergan. Samolyot bortida 2 nafar uchuvchi bo‘lgan, ulardan biri yengil jarohat olgan. Ikkinchi uchuvchi haqida hozircha hech qanday ma’lumot taqdim qilinmagan.
“Ayni paytda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda, hozircha halokat sabablari aniqlanmagan”, — deyiladi harbiy baza xabarida.
Ma’lum qilinishicha, navbatdagi rejalashtirilgan o‘quv parvozi bekor qilingan.
Avvalroq AQShda 2 ta yengil motorli samolyot to‘qnashib ketgani haqida xabar qilingan edi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?