» » Bosh og‘rig‘i sabablari

Bosh og‘rig‘i sabablari


Bosh og‘rig‘i ko‘plab kasalliklarning belgisi, biroq sog‘lom bo‘lishingizga qaramasdan, bunday og‘riqlar sizni bezovta qilsa, buning sabablarini aniqlab olishingiz zarur. Quyida bosh nega bezovta qilishi va bu bilan qanday kurashish mumkinligini tahlil qilamiz.

1-sabab: Organizmga suv yetishmasligi

Bosh og‘rig‘ining eng ko‘p tarqalgan sababi organizmga suyuqlik yetishmasligidir. Oqibatda tomirlarda aylanib turgan qon hajmi kamayadi va bu arterial bosimning tushib ketishiga olib keladi. Natijada ensadagi og‘riq, umumiy darmonsizlik bezovta qila boshlaydi. Yetarlicha suv iste’mol qilayotganingizni nazorat qilib boring.

2-sabab: Kam harakat hayot tarzi

Uzoq vaqt davomida bir joyda o‘tirganingizda gravitatsiya ta’sirida qon oyoqlarga quyiladi va yurakka kamroq hajmda qaytadi. Oqibatda o‘rningizdan turishingiz bilan bosimning tushib ketishi va chakkadagi sanchiqlar kuzatiladi. Buning oldini olish uchun bir necha soat oralig‘ida stoldan turib, kichikroq sayrlar qilib turish tavsiya etiladi.

3-sabab: Homiladorlik

Bosh og‘rig‘i — homilador ayollar uchun odatiy holdir. Ularning 80 foizi ushbu shikoyatga duch keladi. Yoqimsiz hisni kamaytirish uchun keskin harakatlar qilish va umurtqaning kuchli egilishidan saqlanishni tavsiya etamiz.

4-sabab: Qonda shakar miqdorining kamayishi

Bosh miya quvvat ishlab chiqarishi uchun unga glyukoza kerak bo‘ladi. Organizmning boshqa hujayralaridan farqli ravishda u zahira to‘plash qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun uni doim to‘ldirib borish lozim. Agar og‘riq peshona sohasida kuzatilib, tomir urishi sezilmasa, bu quvvatni to‘ldirish vaqti kelganligini anglatadi.

Biroq desertlarni ham keragidan ortiq iste’mol qilmang! Qondagi shakar miqdorini bir me’yorda tutib turing. Har ikki—uch soatda murakkab uglevodlar bilan oziqlaning. Ular kerakli va foydali shakarga aylanadi.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 06:44)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют