» » Samarqand shahridagi qurilish ishlari yil oxirigacha to‘xtatiladi

Samarqand shahridagi qurilish ishlari yil oxirigacha to‘xtatiladi


Samarqand shahrida yil oxirigacha qurilish ishlari to‘xtatiladi. Bu haqida Samarqand shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shahar hokimi Furqat Rahimov ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Samarqand shahrining yangi loyihasi tasdiqlab olish masalasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sulton Axmedov, institut dotsentlari Muhsin Xidirov, Shavkat Achilov, Habibullo Qayumov, Rahimjon Avazov, professor Adham O‘rolov, shahar arxitektori va jurnalistlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda shahar hokimi Furqat Rahimov so‘nggi paytlarda Samarqand shahrida qurilayotgan binolar qurilish ishlarida belgilangan talablar va arxitektura me’yorlarida chetlanishlar yuz berayotgani bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy fikrlar bildirilayotgani, qurilish ishlari shahardagi madaniy meros obyektlariga jiddiy zarar yetkazayotganligini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida shahar hokimi Furqat Rahimov ayni damda Samarqand shahrining yaroqli bosh rejasining o‘zi yo‘qligini bildirib, shahardagi mavjud YuNESKO madaniy merosi obyektlari sifatida tan olingan obyektlarni avaylab asrash, mavjudlarini investorlarga berish ustida oqilona ish olib borilish lozimligini bildirdi.

Yig‘ilish davomida mutaxassislar Samarqand shahrining so‘nggi bosh rejasi 1990—2005-yillar uchun mo‘ljallanganligi, ayni paytda aniq bir bosh rejaning yo‘qligini aytib, hozirda olib borilayotgan qurilish ishlari qaysi rejaga asosan amalga oshirilayotganligi noma’lum ekanligini qayd etib o‘tdi.

Yig‘ilishda Samarqand shahrining kamida 2035-yilgacha bo‘lgan davrini qamrab oladigan bosh rejasi konsepsiyasini ishlab chiqish, shaharning yangi bosh rejasini tuzish uchun maxsus ishchi guruhi tashkil etib, ularning o‘rganishlari asosida samarqandliklarning fikri sifatida “ToshboshplanLITI”ga yangi bosh rejani taqdim etish lozimligi bildirildi.

Kelgusida shaharda olib borilayotgan har bir qurilish va rekonstruksiya ishlari yangi bosh reja asosida olib borilishi lozimligi belgilab olindi.

Mavzuga doir: Bosh vazir Abdulla Aripov Samarqandda tarixiy obyektlar atrofidagi to‘xtatilgan qurilishlarni borib ko‘rdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют