» » Qirg‘izistonga qoramol olib kelish uchun ketgan andijonlikning yoqib, ko‘mib tashlangan jasadi Farg‘onadan topildi

Qirg‘izistonga qoramol olib kelish uchun ketgan andijonlikning yoqib, ko‘mib tashlangan jasadi Farg‘onadan topildi


Andijon viloyati IIBga 7-iyun kuni Asaka tumanida yashovchi U.M. ismli ayol birga yashovchi turmush o‘rtog‘i S.T. shu yil 4-iyun kuni Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘idagi chegara posti orqali Qirg‘izistonga borib, u yerdan qoramol sotib olib kelishini aytib uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 4-iyun kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan A.A. va Quva tumanida yashovchi A.R. bedarak yo‘qolgan S.T.ga Qirg‘izistondan arzonga qoramol olib berishlarini aytib, Farg‘ona tumani hududidagi adirlikka olib borgan va uni bo‘g‘ib o‘ldirib, unga tegishli bo‘lgan 3.600 AQSh dollarini olib, marhum ustidan benzin yoqilg‘isini sepib yoqib yuborib, jasadini ushbu adirlikga ko‘mib ketganliklari aniqlangan.

“Marhumning jasadi ko‘milgan joydan olinib, A.A. va A.R. qo‘lga olingan”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2018, 22:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют