» » Toshkent viloyatida tog‘ yonbag‘rida yiqilib, og‘ir tan jarohati olgan fuqaro qutqarildi

Toshkent viloyatida tog‘ yonbag‘rida yiqilib, og‘ir tan jarohati olgan fuqaro qutqarildi


Toshkent viloyatida qutqaruvchilar tog‘ yonbag‘rida yiqilib, og‘ir tan jarohati olgan fuqaroga yordam ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent viloyati Chimyon qutqaruv otryadi Bildirsoy qidiruv-qutqaruv tezkor guruhi navbatchisiga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent massivida yashovchi 1955-yilda tug‘ilgan fuqaro Ch.N. qo‘ng‘iroq qilgan. U Bo‘stonliq tumani hududidagi Yo‘lbars tog‘ yonbag‘rida sayr qilib yurgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, og‘ir darajada tan jarohat olganligi hamda yura olmay qolganligi sababli yordam so‘rab murojaat qilgan.

Kelib tushgan murojaatga ko‘ra qutqaruv guruhi ko‘rsatilgan joyga zudlik bilan yetib borib, jabrlangan fuqaroni topib, unga birinchi yordam ko‘rsatdi hamda uni Bo‘stonliq tumani tez tibbiy yordam xodimlariga topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют