» » Farg‘onada “Yoshlar innovatsiya markazi” tashkil etilmoqda

Farg‘onada “Yoshlar innovatsiya markazi” tashkil etilmoqda


Farg‘onada vodiydagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida “Yoshlar innovatsiya markazi” tashkil etilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan ochilayotgan markaz iqtidorli yoshlarni o‘z innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishga zamin bo‘ladi.

Innovatsion markaz yoshlarga xalqaro va mahalliy ilmiy-texnik axborot bazalari, xorijiy va milliy davriy ilmiy nashrlardan foydalanish imkonini berish barobarida kreativ fikrlashni rivojlantirish va innovatsiya tadbirkorligini shakllantirish, shuningdek, zamonaviy yuqori texnologik loyihalarni ishlab chiqish va joriy etishga xizmat qiladi.

Markaz yordamida mahalliy mahsulotlarni ichki va jahon bozorlariga yo‘naltirish imkonini beruvchi innovatsion mexanizmlar ishlab chiqiladi va yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etiladi.

Ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarga mualliflik guvohnomalarini rasmiylashtirish, ommalashtirish va tijoratlashtirish jarayonlarida ko‘maklashish hamda mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn ilmiy muloqotlar, mahorat darslari, seminar-treninglar va malaka oshirish kurslarini o‘tkazish, dolzarb mavzularda ilmiy-texnik yo‘nalishdagi tanlovlar tashkil etish kabilar ham nazarda tutilgan.

Yoshlar innovatsion markaz ochilishiga o‘zlari bosh-qosh. Markazning faoliyatini qanday bo‘lishi, nima ishlar qilishi lozimligini rejalashtirib qo‘yish barobarida uning binosi va atrofdagi hududning bo‘lajak ko‘rinishini loyihalab, suratlarga tushirib qo‘ygan. Ularning faolligi, g‘ayrat va shijoatini kuzatgan Innovatsiya vazirligi mas’ullari farg‘onalik yoshlarga ishonch bilan markaz faoliyati uchun zarur qonun hujjatlarini tayyorlamoqda.

Markaz faoliyatini rivojlantirish dasturida Yevropa davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlardagi o‘xshash markazlar faoliyati chuqur o‘rganilib, ularning ilg‘or tajribasi inobatga olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют