» » Buxoroda Nexia va “VAZ-21011” to‘qnashuvida 2 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda Nexia va “VAZ-21011” to‘qnashuvida 2 kishi halok bo‘ldi


Buxoro viloyatining Jondor tumanida 23-iyun kuni Peshku tumanida yashovchi A.R. Nexia mashinasini “Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi” yo‘lining 292-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

U qarshisidan kelayotgan Olot tumanida yashovchi J.B. boshqaruvidagi “VAZ-21011” rusumli mashina bilan to‘qnashuv sodir etishi oqibatida ikkala avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi.

Yuz bergan to‘qnashuvda “VAZ-21011” mashinasi yo‘lovchisi, Olot tumanida yashagan L.K. olgan jarohatidan voqea joyida, Nexia yo‘lovchisi, Qorako‘l tumanida yashagan A.J. kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

Haydovchilar A.R. va J.B. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют