» » “Inglizcha dars”. Angliya Panamani “yanchib tashladi”, Keyndan xet-trik, Lingarddan esa zargarona gol (video)

“Inglizcha dars”. Angliya Panamani “yanchib tashladi”, Keyndan xet-trik, Lingarddan esa zargarona gol (video)


Bugun, 24-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining 2-tur o‘yinlari yakuniga yetadi. Kun taqvimidan 3 ta o‘yin o‘rin olgandi.

Kunning dastlabki o‘yini “G” guruhi favoritlaridan biri Angliya hamda 1-tur o‘yinida Belgiyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lga Panama o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvda hisob 8-daqiqadayoq ochildi. Jon Stounz Kiran Trippiyerning uzatmasini Panama darvozasiga joylab qo‘ydi. 22-daqiqaga kelib o‘yin bosh hakami misrlik Gehad Grisha panamaliklar darvozasiga penalti belgiladi. Uni esa Harri Keyn aniq amalga oshirdi. 36-daqiqada esa Jessi Lingard daxshatli zarba bilan hisobni yirik, 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, markaziy himoyachi bo‘lgan Jon Stounz inglizlarning ajoyib kombinatsiyasini gol bilan yakunladi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada esa hakam yana bir bor Panama darvozasiga penalti belgiladi. Harri Keyn bu safar ham nuqtadan adashmadi.

Jamoalar shu 5:0 hisobida tanaffusga yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limning 62-daqiqasida Harri Keyn yana bitta gol urib, xet-trikka erishdi. 78-daqiqaga kelib, Panama o‘zining Jahon Chempionatidagi ilk golini kiritdi. Zaxiradan maydonga tushgan Felipe Baloy o‘z nomini tabloga yozib qo‘ydi.

Angliya shu tariqa 2-turda ham g‘alaba qozonib, ochkolarini 6 taga yetkazib oldi.

3-tur boshlanmasdan turib “G” guruhida Angliya va Belgiya termalarida 6 ochkodan mavjud, Panama va Tunisda esa ochko yo‘q. Bunday holatda Angliya va Belgiya muddatidan avval pley-offga chiqqanini ko‘rish mumkin.

Jahon Chempionati

“G” guruhi, 2-tur bellashuvi

24-iyun, yakshanba

Gollar: 1:0 – 8 Stounz, 2:0 – 22, penalti Keyn, 3:0 – 36 Lingard, 4:0 – 40 Stounz, 5:0 – 45, penalti Keyn, 6:0 – 62 Keyn, 6:1 – 78 Baloy.

Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Lingard (Delf, 63), Loftus-Chik, Sterling, Henderson, Trippyer (Rouz, 70), Keyn (Vardi, 63).

Panama: Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Kuper, Gomes (Baloy, 69), Godoy (Avila, 63), Barsenas (Arroyo, 69), Rodriges, Peres.

Ogohlantirshlar: Kuper (10), Loftus-Chik (23), Eskobar (45), Murilo (72).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют