» » Xitoydagi “Vertikal o‘rmon” osmono‘par binosi sutkasiga 60 kg kislorod ishlab chiqaradi

Xitoydagi “Vertikal o‘rmon” osmono‘par binosi sutkasiga 60 kg kislorod ishlab chiqaradi


Vertikal bog‘lari bo‘lgan osmono‘par binoni Xitoyning Nankin shahrida barpo etishadi, deb yozadi Naked Science. U sutkasiga 25 tonna karbonat angidrid gazini yutib, 60 kilogramm kislorod ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Arxitektor Stefano Boyerining vertikal bog‘li osmono‘par binolari loyihasini avvalroq amalga oshirib bo‘lmaydigan deb hisoblashardi. Ammo konsepsiya keng e’tirof etildi hamda Italiya va Shveysariyada hayotga tatbiq etildi. Bu safar arxitektor yangi “yashil” osmono‘par binoni Nankinda qurmoqchi.

Yangi konsept umumiy keng podiumda joylashgan ikkita minoradan iborat bo‘ladi, ularning balandligi 200 va 108 metrga teng bo‘ladi. Osmono‘par binolar ofis xonalari, mehmonxonalar, savdo maydonlari, restoranlar va ko‘rgazma zallarini o‘z ichiga oladi. Balandroq binoning tomida xususiy klub, ikkinchisinikida esa basseyn joylashadi.

Ikkita binoga jami 600 ta baland va 500 ta o‘rtacha hajmdagi daraxt hamda 2500 ta pog‘onali o‘simlik va buta ekiladi.

Nankindagi “Vertikal o‘rmon” Nanjing Yang Zi davlat investitsiya guruhi buyurtmasiga ko‘ra barpo etilmoqda. Qurilish 2018-yilda yakunlanadi.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют