» » Turkiya saylov komissiyasi Erdo‘g‘onning prezident saylovidagi g‘alabasini e’lon qildi

Turkiya saylov komissiyasi Erdo‘g‘onning prezident saylovidagi g‘alabasini e’lon qildi


Turkiya Oliy saylov komissiyasi rahbari Sadi Gyuven mamlakat yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on prezident saylovida mutlaq ko‘pchilik ovozga ega bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya byulletenlarning 97,7 foizini hisoblab chiqqan, hisob-kitoblar natijalari bo‘yicha Erdo‘g‘on mutlaq ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritgan.

Oliy saylov komissiyasi rahbari qolgan byulletenlarning hisoblab chiqilishi endi natijaga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashib, uni Turkiya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabriklagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют