» » KXDR raketa uchirganidan keyin Tramp Yaponiyani “100 foiz” qo‘llab-quvvatlaydi

KXDR raketa uchirganidan keyin Tramp Yaponiyani “100 foiz” qo‘llab-quvvatlaydi


AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR raketa uchirganidan keyin Yaponiyani “100 foiz” qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Men Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zining ajoyib ittifoqdoshi Yaponiyani 100 foizga qo‘llab-quvvatlashini hamma tushunishini va to‘liq anglashini xohlardim”, — dedi Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan birgalikda jurnalistlar qarshisiga chiqib.

Ikkala mamlakat yetakchilari dam olish kunlarini Floridada o‘tkazmoqda.

Avvalroq Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR shimoli-g‘arbidagi Pxyonan-Pukto provinsiyasida joylashgan poligondan 12-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 07:55 da (Toshkent vaqti bilan 03:55 da) raketa parvozi amalga oshirilganini ma’lum qilgan edi. Janubiy Koreya harbiylari ma’lumotlariga ko‘ra, raketa 500 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgan.

Keyinroq Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada KXDR uchirgan ballistik raketa taxminan 350 km masofaga parvoz qilib, Yapon dengizi akvatoriyasiga qulaganini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют