» » “Kortej” loyihasi sedanining ilk rasmiy surati chiqdi

“Kortej” loyihasi sedanining ilk rasmiy surati chiqdi


Ijtimoiy tarmoqda Aurus Senat sedanining (sedan — uzaytirilgan kuzov va alohida ajralib turadigan yukxonaga ega, odatda 2 yoki 3 qator eshiklari bor avtomobil turi) dastlabki rasmiy suratlari paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “Motor”.

Sedanning ilk rasmiy surati Moskvadagi Kreml maydonida olingan. Avtomobil “Kortej” loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan. Ushbu loyiha doirasida mamlakat prezidenti uchun shu nomli limuzin ham ishlab chiqarilgan.

Surat VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi Aurusmotors sahifasida e’lon qilingan. Suratda Aurus Senat sedanining zirhli versiyasi aks etgan. Hozircha bunday avtomobillar faqatgina Federal qo‘riqlash xizmatining Kremldagi garajida bor, xolos. Avtomobil 2018-yil avgust oyida Moskvadagi xalqaro avtosalonda keng omma e’tiboriga namoyish etiladi. 2019-yil sedanni ulgurji sotish yo‘lga qo‘yiladi.

Avtomobildan har yili 200 dona chiqariladi. Sedanning taxminiy narxi — 6—7 million rubl (avtomobilning zirhsiz versiyasi nazarda tutilmoqda).

Aurus Senat zirhli limuzini Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiya marosimida ishtirok etgan. Aurus’ning kichikroq sedanlarini esa Kreml yaqinida odamlar tomonidan tasodifan tushirilgan suratlardagina ko‘rish mumkin.

Aurus oilasiga “Senat” umumiy nomi ostida yaratilgan prezidentning zirhli limuzini va hukumat vakillari uchun mo‘ljallangan sedan, “Arsenal” katta veni (ven — kattalashtirilgan kuzovli yengil avtomobil) va “Komendant” yo‘ltanlamasi kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют