» » Shotlandiyalik ayol 150 yillik to‘y libosini yo‘qotib qo‘ydi

Shotlandiyalik ayol 150 yillik to‘y libosini yo‘qotib qo‘ydi


2016-yil iyunida Shotlandiyaning Xaddington shahrida turmushga chiqqan Tess Nyuall ko‘p o‘tmay, o‘zining to‘y libosini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

2016-yil sentabr oyida Tess Nyuall o‘zining to‘y libosini Edinburgdagi kimyoviy tozalash idorasiga topshirdi. Biroq tez orada ayol ushbu muassasa yopilgani va endi ko‘ylakni qaytarib ololmasligidan xabar topdi.

Tess Nyuall o‘zining Facebook’dagi sahifasida bu shunchaki libos emas, haqiqiy oilaviy yodgorlik ekanligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ylakni ilk bor 1870-yil Tessning buvisining onasi kiygan. Shu tariqa, libos Tessga meros qolgan.

Tess ko‘ylakni sotishlari ehtimoli borligini aytib, Facebook foydalanuvchilaridan uni topish uchun yordam berishlarini so‘radi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют