» » Samarqandda tanishini urib, puli va telefonini tortib olgan er-xotin qidirilmoqda

Samarqandda tanishini urib, puli va telefonini tortib olgan er-xotin qidirilmoqda


Vaqtincha Samarqand shahrida yashovchi A.R. 21-iyun kuni Samarqand shahrida tanishi bilan o‘zaro janjallashib, olgan tan jarohati sabab Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yotqizilgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Samarqand shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida shu kuni A.R.ning tanishi, Samarqand shahrida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan Aleksandra Bezpyatova va uning rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i, 1987-yilda tug‘ilgan Abdurahmon O‘razov A.R. vaqtincha yashayotgan, Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi xonadonga kelgani ma’lum bo‘ldi.

Ikkovlon hech bir sababsiz jabrdiydaning yuz va bosh qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, iPhone 5S mobil telefoni va pullari, hisobida mablag‘lari bo‘lgan bank kartochkalarini olib, o‘zini yo‘lovchi taksi avtomashinasiga o‘tkazib, Toshkent shahriga jo‘natib yuborib, o‘zlari voqea joyidan yashiringani aniqlandi.

Aleksandra Bezpyatova va Abdurahmon O‘rozovni ushlash choralari ko‘rilgan. Ular haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan hududiy ichki ishlar bo‘limlariga murojat etishi yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют