» » AQSh Peruning qochoq sobiq prezidentining Isroilga chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi

AQSh Peruning qochoq sobiq prezidentining Isroilga chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi


AQSh hukumati Peruning sobiq prezidenti (2001—2006) Alexandro Toledoning San-Fransiskodan Isroilga parvoz qilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu haqda Peru IIV manbasiga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Isroildan boshpana topishga umid qilayotgan Alexandro Toledoga nisbatan avvalroq korrupsiya ishi bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan.

Agentlikning ma’lum qilishicha, Vashington Toledoni AQSh hududida ushlab turmasligi haqida Lima xabardor qilingan. Uning Tel-Avivga parvozi yaqin soatlarga rejalashtirilgan. AQSh Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.

Avvalroq Peru hukumati sobiq rahbarni qidirishda yordam ko‘rsatish haqida Interpol orqali dunyoning 190 mamlakatiga chaqiriq yo‘llagan va u haqidagi har qanday ma’lumot uchun 30 ming dollar mukofot e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, perulik sudya Richard Konsepsyon Karuancho Braziliyaning Odebrecht kompaniyasidan pora olishda gumon qilinayotgan mamlakat sobiq prezidenti Alexandro Toledoni hibsga olishga order berganligi haqida xabar berilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют