» » Irlandiyada avtomobil cherkov yonidagi piyodalar ustiga yurib ketdi

Irlandiyada avtomobil cherkov yonidagi piyodalar ustiga yurib ketdi


Irlandiyaning Dublin shahrida avtomobil cherkov yonidagi piyodalar ustiga yurib ketdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi, shu jumladan haydovchi jabrlandi. Bu haqda politsiya ma’lumotiga tayanib, Irish Times gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Hodisa mahalliy vaqt bilan tonggi 10:20 da yuz bergan. Haydovchi piyodalar ustiga yurib ketishdan avval hushini yo‘qotganligi ta’kidlanmoqda. Cherkovda dafn marosimi o‘tkazilayotgan edi, u YTH sababli kechiktirildi.

“Yengil jarohat olgan bir kishi Jeyms Konnolli nomidagi shifoxonaga yetkazildi”, — deydi politsiya vakili. Uning so‘zlariga qaraganda, yana uch kishi mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, jabrlanganlardan ikki nafari og‘ir ahvolda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют