» » Toshkent davlat yuridik universitetida qabul jarayoni qanday bo‘ladi?

Toshkent davlat yuridik universitetida qabul jarayoni qanday bo‘ladi?


Ma’lumki, joriy yil oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 1—15-avgust kunlari o‘tkaziladi. Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan 2018/2019-o‘quv yili qabulini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Qabul jarayonida qanday yangiliklar bor? Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu kabi savollarga batafsil javob berildi, deb yozadi O‘zA.

Adliya vaziri o‘rinbosari — universitet rektori Ye. Kanyazovning ta’kidlashicha, universitetda qabul komissiyasi tuzilgan va unga 61 nafar malakali xodim jalb etilgan.

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining 201 ta tuman va shaharda faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlari markazlari xorijiy davlat fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, 16 yoshga to‘lmagan shaxslar va magistratura bosqichiga topshiruvchi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilmaydi. Abituriyentlar 15-iyundan 15-iyulgacha davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirishi mumkin. Davlat xizmatlari markazlariga abituriyent tomonidan pasport, o‘rta (11-sinf), o‘rta-maxsus yoki kasb-hunar o‘quv muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjat (ilovasi bilan) hamda agar mavjud bo‘lsa, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi.

Abituriyent ma’lumotlari davlat xizmatlari markazi tomonidan Davlat test markazining maxsus “Abitur” bazasiga elektron kiritiladi va abituriyent maxsus foto-texnika vositasi yordamida suratga olinadi. Abituriyent 29–31-iyul kunlari abituriyent ruxsatnomasini olish uchun Toshkent davlat yuridik universitetining qabul komissiyasiga shaxsan murojaat etishi shart. Universitet qabul komissiyasi davlat xizmatlari markazi orqali abituriyentlarga berilgan blankani tekshiradi va ularning pasportdagi biometrik ma’lumotlarini maxsus skaner orqali tekshirib, barmoq izlarini oladi. Shundan so‘ng tegishli abituriyent ruxsatnomasini beradi.

Universitet tomonidan qabul jarayoni uchun barmoq izlarini oladigan maxsus moslama sotib olingan va texnologiya amaliyotga joriy etiladi. Bu esa qabul jarayonining shaffofligini ta’minlaydi hamda test sinovlarining adolatli o‘tishiga zamin yaratadi.

Anjumanda 2018/2019-o‘quv yilidagi imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga qabul kvotasidan tashqari kvotaning 2 foizi (12 nafar. Basharti umumiy ballning kamida 30 foizini olgan bo‘lsa) miqdorida davlat granti asosida joy ajratildi. Amaldagi harbiy xizmatchining farzandlari bo‘lgan abituriyentlarga qabul kvotasidan tashqari kvotaning 5 foizi (30 nafar) miqdorida davlat granti asosida joy ajratildi. Mazkur abituriyentlarga tavsiyanoma taqdim etiladi va test sinovlaridan o‘tadi.

Xizmat davomida vafot etgan, og‘ir kasalliklarga chalingan, yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari bo‘lgan abituriyentlarga tavsiyanoma asosida qabul kvotasidan tashqari, davlat granti asosida universitetga kirish bo‘yicha imtiyoz taqdim etildi. Mazkur abituriyentlar test sinovlarini topshirmaydi. Xorijiy davlat fuqarolari suhbat asosida universitetga qabul qilinadi. Hozirgacha Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston kabi davlatlardan abituriyentlar o‘qish istagini bildirgan.

Universitet qabul komissiyasiga murojaat qilgan abituriyentlar va ularning ota-onalarini qabul qilish va qiziqtirgan savollariga javob berish uchun fuqarolarni qabul qilish xonasi tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют