» » JCh—2018. Ispaniya Marokashni, Portugaliya esa Eronni yuta olmadi

JCh—2018. Ispaniya Marokashni, Portugaliya esa Eronni yuta olmadi


?Bugun, 25-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayogan Jahon Chempionati guruh bosqichining so‘nggi, 3-tur o‘yinlariga start berildi. Avvalroq “A” guruhida so‘nggi tur o‘yinlari yakunlagandi. “A” guruhida Urugvay 1-o‘ringa ega chiqdi. Rossiya esa guruh bosqichini ikkinchi o‘rinda yakunladi.?

Biroz oldin “B” guruhi terma jamoalari ham guruh bosqichiga yakun yasadi. “B” guruhidan chiqish uchun birdaniga 3 ta jamoa kurash olib borayotgan edi. Bular — Portugaliya (4 ochko), Ispaniya (4 ochko), Eron (3 ochko). Marokash esa musobaqani muddatidan avval tark etib ulgurgandi.?

Ispaniya termasi guruhdan chiqish uchun ( yoki guruh g‘olibligi uchun) Marokashga qarshi kurash olib bordi. Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.? Uchrashuvda hisob kutilmaganda Marokash hujumchisi Holid Boutaib tomonidan 14-daqiqada ochildi. Oradan 5-daqiqa o‘tib esa Isko Inyestaning uzatmasini golga aylantirib hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasida Yussuf an-Nasri hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakuniga yetib borayotgan pallada Dani Karvaxalning uzatmasini zaxiradan maydonga tushgan Yago Aspas chiroyli tarzda marokashliklar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Uchrashuv shu tariqa 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Guruhdan chiqish uchun kurashgan Eron terma jamoasi Portugaliya bilan durang qayd etdi. O‘yinda hisobni 45-daqiqada Rikardo Kuarejma o‘zining fantastik zarbasini bilan ochgan bo‘lsa, eronliklar bu golga ikkinchi bo‘limning 90-daqiqasida Karim Ansarifardning penaltidan urgan goli bilan javob berdi. Qayd etish joiz, 53-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan foydalana olmadi.

Shu tariqa mazkur o‘yin 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

3-turdan keyin “B” guruhidan Ispaniya pley-offga 1-o‘rin, Portugaliya esa 2-o‘rin bilan yo‘l oldi. Eron 4 ochko bilan guruhda qolib ketdi. Marokash esa bor-yo‘gi 1 ochko bilan mundialni yakunladi.

Jahon Chempionati

“B” guruhi, 3-tur bellashuvlari

25-iyun, dushanba

Gollar: 0:1 — 45 Rikardo Kuarejma, 1:1 — 90, penalti Karim Ansarifard.

Gollar: 0:1 — 14 Holid Boutaib, 1:1 — 19 Isko, 1:2 — Yussuf an-Nasri, 2:2 — 90 Yago Aspas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 01:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют