» » O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Minskdagi Jahon Chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘ringa ega chiqdi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Minskdagi Jahon Chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘ringa ega chiqdi


Belarus poytaxti Minsk shahrida shaxmatning blis va rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi II jahon chempionati nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar rapid yo‘nalishidagi bahslarda 2 ta oltin (Humoyun Begmurotov, Umida Omonova), 2 ta kumush (Afro‘za Hamdamova, Olmos Rahmatullayev), blis bellashuvlarida esa 3 ta oltin (Humoyun Begmuratov, Afro‘za Hamdamova, Umida Omonova) hamda 2 ta kumush (Ruqiya Olimova, Shahrombek Karimov) medallarini qo‘lga kiritdi.

Umumiy 9 ta medalga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistondan so‘ng ikkinchi o‘rinni rossiyalik shaxmatchilar band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka ukrainalik sportchilar yakun yasadi. Jahon chempionlari 27-iyun kuni erta tongda Toshkentga qaytib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 01:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют