» » Qashqadaryoda “VAZ-2101” kanalga tushib ketdi. 3 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda “VAZ-2101” kanalga tushib ketdi. 3 kishi halok bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 24-iyun kuni Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashagan F.N. “VAZ-2101” rusumli mashinasini Mirzatup qishlog‘ida haydab ketayotib, shu yerdan oqib o‘tuvchi “Eski Anhor” kanaliga tushib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa oqibatida haydovchi F.N. va uning turmush o‘rtog‘i G.X. hamda Mirzatup qishlog‘ida yashagan L.X. ism-sharifli ayol voqea joyida halok bo‘ldi.

Yana bir yo‘lovchi — L.X.ning turmush o‘rtog‘i S.X. avtomobil eshiklarini ochib, suvdan chiqib oldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют