» » Xalq ta’limi vazirligida barcha boshqarma va bo‘limlarning boshliqlari ishdan bo‘shatildi

Xalq ta’limi vazirligida barcha boshqarma va bo‘limlarning boshliqlari ishdan bo‘shatildi


Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 25-iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda vazirlik markaziy apparatining barcha boshqarma va bo‘limlari boshliqlarini lavozimidan bo‘shatdi, deb yozadi “Gazeta.uz” vazirlikka tayanib.

Ushbu qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning vazirlik kadrlar tarkibini yangilash bo‘yicha topshiriqlaridan kelib chiqib qabul qilindi.

Uchrashuvda Sherzod Shermatov Xalq ta’limi vazirligining asosiy maqsadi har tomonlama rivojlangan avlodni taraqqiy ettirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Tizim ishchilari ushbu maqsaddan og‘ishmasligi kerak.

XTV rahbari qayd etishicha, vazirlik faoliyati uchta tamoyilga asoslangan, bular — sifat, adolat va shaffoflik. “Ushbu maqsadga va uchta asosiy tamoyillarga rioya qilganlargina vazirlikda qoladi, bunga tayyor bo‘lmaganlar bilan xayrlashamiz”, — dedi vazir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют