» » “Real” 82 kunlik qora an’anaga chek qo‘ydi, Neymar Ronaldinyoni ortda qoldirdi, Aleysh Vidal 5 oyga safdan chiqdi

“Real” 82 kunlik qora an’anaga chek qo‘ydi, Neymar Ronaldinyoni ortda qoldirdi, Aleysh Vidal 5 oyga safdan chiqdi



“Real Madrid”

Madridning “Real” klubi 82 kundan buyon safar uchrashuvlarida zafar qucha olmayotgandi. Zidan boshqarayotgan jamoa so‘nggi bor o‘tgan yilning 22-noyabr kuni safarda Portugaliyaning “Sporting” klubini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

Yevropa Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘sha uchrashuvdan keyin “Real” uchun safar bellashuvlari omad keltirmadi. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati neytral maydonda o‘tgani uchun undagi g‘alabalar statistikada inobatga olinmagan.

Kecha — 11-fevral kuni “Real” La ligada so‘nggi o‘rinni egallab turgan “Osasuna” maydoniga tashrif buyurdi va 3:1 hisobida zafar quchdi. Shu bilan 82 kun davom etgan sovuq an’ana yakuniga yetdi.

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi 11-fevral kuni o‘z hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ydi va jamoasining mavsumdagi eng yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

La liganing joriy mavsumida braziliyalik hujumchi 6 ta gol urgan bo‘lib, 10 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Statistikaga ko‘ra, Neymarning “Barselona” uchun urgan gollari soni 95 taga yetgan va u bu borada afsonaviy Ronaldinyodan o‘zib ketgan. Roni kataloniyaliklar safida 207 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, raqiblar darvozasiga 94 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.

Bu borada rekord Lionel Messiga tegishli. Argentinalik hujumchining “Barsa”dagi gollari 485 tani tashkil qiladi.

“Barselona” himoyachisi Aleysh Vidal “Alaves”ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgandi. Shifokorlar uning 5 oyga safdan chiqqani haqida e’lon qildi.

“Alaves”ga qarshi o‘yinda Jerar Pike hamda Xavyer Maskerano jarohati sabab o‘ynay olmagan bo‘lsa, Samuyel Yumtiti ikkinchi bo‘limni oqsoqlanib tark etgandi.

Ma’lumot uchun, ketma-ket 4 ta himoyachisida jarohat bor “Barselona” 14-fevral kuni Chempionlar ligasi doirasida “PSJ”ga qarshi maydonga tushadi.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют