» » Rossiyalik olimlar saratondan himoyalovchi pechenyeni yaratdi

Rossiyalik olimlar saratondan himoyalovchi pechenyeni yaratdi


Rossiyalik olimlar saraton shishlari paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi pechenye uchun patent oldi, deb yozadi Tengrinews.

Rossiya davlat agrar universiteti akademiyasi olimlari shifobaxsh energetik mahsulot kompozitsiyasini yaratgan, uning tarkibiga zig‘ir va bug‘doy uni, shuningdek, quritilgan mevalar va suv kiradi.

“Zig‘ir urug‘idan olingan yog‘ antikanserogen xususiyatlarga ega lignin antioksidantlar guruhini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, u yurak ishini yaxshilaydigan magniy va kaliy mikroelementlariga boy”, — dedi patent mualliflaridan biri Sergey Belopuxov.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, boshqa moddalar — polito‘yinmagan yog‘ kislotalari tomir devorlarini mustahkamlab, tromblar hosil bo‘lish ehtimolini yo‘qotadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 11:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют