» » Malayziyaning Serba Dinamik neft-gaz kompaniyasi O‘zbekistonda zavod va texnopark qurmoqchi

Malayziyaning Serba Dinamik neft-gaz kompaniyasi O‘zbekistonda zavod va texnopark qurmoqchi


Malayziyaning Serba Dinamik kompaniyasi O‘zbekistonga 80 million dollar kiritmoqchi, deb yozadi Spot.

Kompaniya vitse-prezidenti Palendran Palachandran O‘zbekistonda “Kaustik soda ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish” va “Neft va gaz turbinalarini ta’mirlash bo‘yicha texnik park yaratish” investitsiyaviy loyihalarini amalga oshirish rejalashtirib qo‘yilganini ma’lum qildi. Kompaniyaning boshlang‘ich hissasi 80 million dollarni tashkil qiladi.

“Biz O‘zbekistonni investitsiya kiritish uchun ishonchli mamlakat sifatida ko‘rib chiqyapmiz. Serba Dinamik neft-gaz kompaniyasi yiliga 30 ming tonna kaliy va kaustik soda ishlab chiqaradigan zavodni qurish hamda neft va gaz turbinalarini ta’mirlash bo‘yicha texnik parkni barpo etish loyihalarini amalga oshirmoqchi”, — dedi Palachandran.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonni qo‘shni mamlakatlarga, shuningdek, Eron va Iroqqa chiqish mumkin bo‘lgan mintaqaviy xabga aylantirishni rejalashtirmoqda. Birinchi zavod qurilishi 2019-yilning birinchi choragiga rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют