» » Toshkent va Samarqand Markaziy Osiyo yoshlar forumiga mezbonlik qiladi

Toshkent va Samarqand Markaziy Osiyo yoshlar forumiga mezbonlik qiladi


O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 26—30-iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida ilk bor Markaziy Osiyo yoshlar forumi o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Qardosh xalqlar yoshlarini birlashtiruvchi mazkur forumdan maqsad Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlari bilan hamkorlikda ijtimoiy ahamiyatli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdir.

Tadbirda O‘zbekiston delegatsiya a’zolari, jumladan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Qozog‘istonning “Jas otan” yoshlar qanoti va “Nur otan” partiyasi, Qirg‘izistonning yoshlar, jismoniy tarbiya va sport agentligi, Tojikistonning Yoshlar va sport qo‘mitasi, Turkmanistonning sport va yoshlar siyosati vazirligi hamda Maxtumquli nomidagi Turkmaniston yoshlar tashkiloti kengashi vakillari o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga guvoh bo‘ladi.

Forum doirasida yoshlarga oid ko‘plab mavzularda anjumanlar tashkil etiladi. Jumladan, “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni”, “Markaziy Osiyo mintaqasidagi madaniy hamkorlik”, “Yoshlar turizmi Markaziy Osiyo taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi”, “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” kabi mavzularda Markaziy Osiyoning faol yoshlari davra suhbatlari o‘tkaziladi.

Markaziy Osiyo yoshlar forumi yakunida mamlakatlar o‘rtasida “Qo‘shma hamkorlik 2019—2021” memorandumini imzolash rejalashtirilmoqda. Forum mintaqa yoshlari uchun muloqot maydoni va mamlakatlararo munosabatlarni rivojlantirish platformasiga aylanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют