» » Kursantlikdan — leytenantlikka. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi (foto+video)

Kursantlikdan — leytenantlikka. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi (foto+video)


Joriy yilning 6-may kuni Toshkent harbiy okrugi dala-o‘quv maydonida ochilgan yangi Tank biatloni majmuasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlariga tantanali tarzda diplom va ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Toshkent harbiy okrugi va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti qo‘mondonligi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparar” tashkiloti Markaziy kengashi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari, bitiruvchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov O‘zbekiston harbiy salohiyatining tubdan yangilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bugun o‘z samarasini berayotgani, professional armiyamiz saflarini malakali harbiy kadrlar bilan muntazam to‘ldirib borish borasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti muhim ta’lim muassasalaridan biri ekanini ta’kidladi.

“Vatan o‘z sarhadlari taqdirini asl o‘g‘lonlariga topshiradi. Sizlar egallagan bilim va ko‘nikmalaringizni ushbu olijanob ishga safarbar eting. Siz, bitiruvchi ofitserlar yangi xizmat joylarda bor bilim va malakangizni, kuch-g‘ayratingizni, qolaversa, harbiy xizmatning barcha mas’uliyatini his qilgan holda xizmat qiling! Sizlarning orangizdan yetuk qo‘mondonlar, generallar chiqishiga umid bildirib qolaman!Bu yo‘lda barchangizga omad va zafarlar tilayman”, – deya bitiruvchilarni qutladi mudofaa vaziri.

Oliy harbiy ta’lim muassasasi kursantlari tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi usullari va Faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari marosim mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют