» » Samarqanddagi Siyob kanalidan 76 yoshli ayolning jasadi topildi. Jinoyatda ayblanib, uning kelini qo‘lga olindi

Samarqanddagi Siyob kanalidan 76 yoshli ayolning jasadi topildi. Jinoyatda ayblanib, uning kelini qo‘lga olindi


24-iyun kuni Samarqand shahrida bedarak yo‘qolib qidiruvda bo‘lgan, Chilustun mahallasida yashagan 76 yoshli X.A. ism-sharifli ayolning jasadi shu kuni “Yangiobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanalidan turli jarohatlar bilan topilgan edi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan tekshirish ishlari natijasida marhuma X.A.ning birga yashovchi 36 yoshli kelini Sh.A. shu yil 14-iyun kuni uyida o‘zaro janjal oqibatida qaynonasi X.A. tanasining turli joylariga pichoq bilan urib, o‘ldirganligiga iqror bo‘ldi.

U shundan so‘ng jinoyatni yashirish maqsadida pichoq va jasadni sellofan paket hamda gilamga o‘rab, yashash uyining yerto‘lasiga olib tushib saqlab kelgan. 19-iyun kuni esa Siyob kanaliga tashlab yuborgan.

Jinoyatga qo‘l urgan kelin hibsga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют