» » Andijonda 27 yashar ayol o‘zini ikki farzandi bilan soyga tashladi. Ayol qutqarildi, bolalar halok bo‘ldi

Andijonda 27 yashar ayol o‘zini ikki farzandi bilan soyga tashladi. Ayol qutqarildi, bolalar halok bo‘ldi


25-iyun kuni soat 10:30 atrofida 27 yoshli A. ismli ayol beliga arqon bilan 2 nafar farzandini (7 yashar qiz va 3 yashar o‘g‘il) bog‘lab, o‘zini Andijon viloyati, Jalaquduq tumani hududidan oqib o‘tgan Shahrixonsoy kanaliga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ularni fuqaro B. va boshqalar suvdan chiqarib oldi. A. ning hayoti saqlab qolindi, lekin voyaga yetmagan farzandlari halok bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют