» » Navoiyda Nexia va Cobalt to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi yaralandi

Navoiyda Nexia va Cobalt to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi yaralandi


25-iyun kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida Konimex tumani, Sho‘rtepa mahallasida yashagan N.M. Nexia rusumli mashinani “Nurota—Navoiy” yo‘lining 16-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Nurota tumanida yashovchi “Ziyo trans Navoiy” MChJ haydovchisi I.T. boshqaruvidagi Cobalt avtomobili bilan to‘qnashdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi N.M. va Cobalt yo‘lovchisi N.T. voqea joyida halok bo‘ldi.

Cobalt haydovchisi I.T. va yo‘lovchisi, mahalladoshi T.Ch. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Yana bir nafar yo‘lovchisi, mahalladoshi M.Sh.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi.

YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют