» » Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida zamonaviy savdo-ko‘ngilochar majmuasi

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida zamonaviy savdo-ko‘ngilochar majmuasi


Miqyosi, olamshumulligi, o‘ziga xos me’moriy yechimlari, har bir masalada alohida yondashuv – Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi eng yaxshi mahalliy va xorijiy loyihachilar, muhandislar va dizaynerlarning noyob g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan holda tirik organizm kabi kundan kunga o‘sib rivojlanmoqda.

Bugun biz savdo-ko‘ngilochar majmuasi, biznes markazi va mehmonxonadan iborat bo‘lgan Tashkent City XIMning eng katta uchastkalaridan biri – 3-lotda olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritamiz. Bu joyda geologik ishlar yakunlangan va tez orada shahar xaritasida respublikaning tezkor innovatsion rivojlanishining yana bir manzili paydo bo‘ladi.

Maydoni 7,6 gektar bo‘lgan yirik loyihaga Hyper Partners GmbH nemis kompaniyasi investitsiya kiritmoqda. Moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, qurilish maydonlarini modellashtirish va obyektlarni ichki to‘ldirish bo‘yicha maslahatlar, xalqaro standartlarga muvofiq, Jones Lang LaSalle yirik xalqaro konsalting kompaniyasi (JLL) tomonidan taqdim etiladi. Yetakchi xalqaro arxitektura kompaniyalaridan biri – ACP Architecture tomonidan loyiha ishtirokchilar bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda 3-lot obyektlarining tashqi ko‘rinishi konsepsiyasini ishlab chiqish yakunlandi.

Yuqorida keltirilgan barcha kompaniyalar professional ko‘chmas mulk xizmatlari, qurilish va investitsiyalarni boshqarish bozoridagi yetakchilardan hisoblanadi. Xususan, JLL Fortune 500 jahonning eng yirik kompaniyalari ro‘yxatiga kiradi va 80 dan ortiq mamlakatda 300 ga yaqin korporativ ofislar va 83,5 ming xodimlarni birlashtiradi.

Tashkent City XIM – bu ko‘chmas mulkka yangicha yondashuv bo‘lib, u o‘zgacha ko‘rinishdagi makonni shakllantiradi hamda eng jasoratli g‘oya va maqsadlarga erishish uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi.

Xalqaro toifadagi eng yaxshi dizaynerlik loyihalari tajribasi asosida ishlab chiqilgan Tashkent City’dagi savdo-ko‘ngilochar majmuasi nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi eng yiriklaridan biri bo‘lishiga va’da bermoqda. Ko‘plab ajoyib restoranlar va tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i, kinoteatrlar, bolalar o‘yin maydonchalari, supermarketlar, jahon eng yirik brendlari firma magazinlari – bularning barchasi bir joyda, tez orada va juda yaqin.

Moda sanoati sohasi, zargarlik buyumlari va aksessuarlar ishlab chiqarish hamda ko‘ngilochar tarmoqlar bo‘yicha jahonning yetakchi brendlari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolab bo‘lingan.

Bu yerda barcha dam olish kunlarini bir nafasda o‘kazish mumkin. Magazin va supermarketlar kechayu kunduz ishlaydi, kun davomida nonushta, tushlik va kechki ovqatlarni ta’bingizga ko‘ra tanovul qilishingiz mumkin. Kinotetrlarda milliy va jahon kinematografiyasining yangiliklari kabi klassika janrlari ham bo‘ladi. Eng kichkina mehmonlar uchun esa eng yaxshi xavfsizlik standartlari bilan jihozlangan ko‘ngilochar maydonchalari hamda professional tarbiyachilar, shifokorlar, psixologlarlarning g‘amxo‘rligi ko‘zda tutilganki, bu bilan kun davomida bolalar qulay sharoitda, ota-onalar farzandlari uchun xotirjamlikda qolishadi.

Xorijiy turistlar ham mazkur majmuada o‘zlarini qulay his qiladilar. Mehmonlar uchun bu yerda barcha sharoitlar yaratiladi, elektron gid-tarjimonlar yirik innovatsion markazda har qanday xorijlikni yo‘naltirishga yordam beradi. Aytgancha, mehmonxonalar ham turistlarga 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘ladi.

Joylashuv haqida ikki og‘iz: majmua loyihasi Alisher Navoiy metro bekati yaqinida joylashgan, u yerdan savdo markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borish mumkin, bu yerga jamoat transportida ham, shaxsiy avtomashinada ham kelish mumkin. Qulay va barcha uchun borish imkoniyati mavjud.

Biznes markaz ham har qanday mehmon – biznesmenlar, investorlar, hamkorlik qilishni xohlagan tadbirkorlar, shu jumladan VIP-tashrif buyuruvchilar uchun kuniga 24 soat xizmat ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu yerda “A” dan “Ya” gacha deb nomlangan sharoitlar yaratiladi: oddiy qalamdan tortib, Hi-tech usulida jihozlangan VIP zallargacha. Biznes markazdagi barcha xizmatlar o‘z ishlarining tajribali mutaxassislari tomonidan ko‘rsatiladi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bunaqasi hali bo‘lmagan! Tez orada nafaqat poytaxt, balki respublikaning ham portreti zamonaviy yuqori texnologiyali biznes va ko‘ngilochar majmua bilan bezanadi, unda istiqbolli biznes-hamkorlikni mo‘ljallagan xorijiy investorlar ham, poytaxtga hududlardan tashrif buyurgan mehmonlar ham mamlakatimizning yuqori texnologiyali rivojlanish ko‘lamini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют