» » Jizzaxda yuk avtomashinasi portlashi oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Jizzaxda yuk avtomashinasi portlashi oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi


25-iyun kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida “O‘zbekiston” MFYda yashovchi B.M. “PAZ-3772” rusumli yuk avtomashinasini “Kulba” MFY hududidan o‘tuvchi “G‘allaorol—Qo‘ytosh—Forish” yo‘lining 87-kilometrida haydab ketayotganda salon qismidagi gaz trubkasi yorilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida salonda yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash ro‘y berib, yong‘in kelib chiqdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi.

Portlash oqibatida 11 yoshli yo‘lovchi S.G‘. kuyish jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Uning qarindoshi, 13 yoshli O.G‘. va haydovchi B.M. kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют