» » Turkiyada Yevropada terakt tayyorlayotgan ikki erkak hibsga olindi

Turkiyada Yevropada terakt tayyorlayotgan ikki erkak hibsga olindi


Turkiyada 10-fevral, juma kuni IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda va Yevropada terakt tayyorlashda gumonlanayotgan ikki erkak hibsga olindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Ma’lum qilinishicha, kelib chiqishi livanlik bo‘lgan Daniya fuqarosi Muhammad Lyaban va kelib chiqishi iroqlik Shvetsiya fuqarosi Muhammad Tafiq Solih fevral oyi boshida Turkiya janubidagi Adan viloyatida qo‘lga olingan.

Tartib qo‘riqchilari tomonidan o‘tkazilgan o‘n kunlik so‘roqdan so‘ng, sud gumondorlarni qamoqda qoldirish haqida qaror qabul qildi.

Tergov davomida Lyaban va Solih 2014-yilda IShID jangarilariga qo‘shilish uchun Turkiya orqali Suriya hududiga o‘tganligi aniqlandi.

Turkiya politsiyasi Lyabanning raqamli materiallari, jumladan, suratlarini ham musodara qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют