» » Bolalari bilan parkda yashab yurishga majbur bo‘lgan toshkentlik ayolga uy berildi (video)

Bolalari bilan parkda yashab yurishga majbur bo‘lgan toshkentlik ayolga uy berildi (video)


14 yil davomida ijara xonadonlarda, podyezdlarda, parklarda yashab yurishga majbur bo‘lgan toshkentlik ayol Nargiza Shomurodovaga Yunusobod tumanida ikki xonali xonadon kaliti topshirildi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz”.

Xonadon kalitini Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatovning shaxsan o‘zi topshirdi. U ayolning o‘g‘li Ramazonning Prezidentga yo‘llagan xatini o‘qib chiqqanini va u manziliga borib yetganini, Shavkat Mirziyoyev unga va onasiga uy hadya etayotganini ma’lum qildi.

Tuman hokimligi Nargiza Shomurodova va uning ikki o‘g‘lini 2—3 hafta ichida yangi xonadonga ro‘yxatga qo‘yishga va’da berdi. Uyning o‘zini rasmiylashtirish esa yarim yildan bir yilgacha vaqt olishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, avval egasiz xonadon hokimlik balansiga o‘tkaziladi. So‘ng ma’lum davr o‘tgach, u yangi egasi nomiga rasmiylashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют