» » O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarning e’tirofi soliq idoralari faoliyatini baholashning asosiy mezoniga aylanadi

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarning e’tirofi soliq idoralari faoliyatini baholashning asosiy mezoniga aylanadi


O‘zbekiston Prezidenti “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Mazkur qarorda Davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning quyidagi asosiy mezonlari belgilandi:

Davlat soliq xizmati organlari ishining sifatini qoniqarli baholaydigan soliq to‘lovchilar, shuningdek, ularning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlarning soni;

Kameral nazorat natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning umumiy summasi;

Xronometraj va ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha aniqlangan davlat byudjeti daromadlarini oshirish zaxiralari summasi va ularni undirish darajasi;

Pasportlari tuzilgan soliq to‘lovchilarning soni;

Hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirilishining to‘liqligi va soliq qarzdorligining pasayish darajasi;

Davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda “shaxsiy kabinet”dan foydalanish darajasi;

Elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni qo‘llayotgan soliq to‘lovchilarning qamrab olinishi.

Davlat soliq xizmati organlariga quyidagi huquqlar berildi:

Soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek, soliq to‘lovchi tomonidan soliq yoki moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari yuzasidan tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda soliq to‘lovchi-yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish;

Davlat ulushlari bo‘yicha dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalarni undirish;

Soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun kameral nazorat natijasi bo‘yicha joyiga chiqqan holda mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish;

Yuzaga kelgan soliq qarzdorligini soliq to‘lovchi-jismoniy shaxslarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvaraqlaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridan ko‘p bo‘lmagan summada so‘zsiz hisobdan chiqarish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют