» » Pekinda 2017-yilda ilk bor odamning parranda grippiga chalinish holati aniqlandi

Pekinda 2017-yilda ilk bor odamning parranda grippiga chalinish holati aniqlandi


Pekin rasmiylari 2017-yilda ilk bor Xitoy poytaxtida odamning H7N9 parranda grippiga chalinish holatini qayd etdi. Bu haqda 12-fevral, yakshanba kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bemor Xebey provinsiyasiga qo‘shni Lanfan shahrida istiqomat qiluvchi 68 yoshli Chjan ismli erkak ekanligi aniqlandi. Hozirgi paytda u shifoxonada og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilinmoqda.

Erkakda kasallik belgilari 29-yanvar kuni yuzaga chiqa boshlagan. Unga mahalliy shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, 6-fevral kuni Pekinga ko‘chirilgan. 11-fevral, shanba kuni pekinlik shifokorlar uning parranda grippiga chalinganligini tasdiqladi.

XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, 2016-yilning dekabr oyi boshidan buyon Xitoyda odamlarning H7N9 parranda grippiga chalinishi bilan bog‘liq 106 ta holat aniqlangan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют