» » Livanlik ko‘zi ojiz muxbir 24 soatlik tok-shousi uchun Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi

Livanlik ko‘zi ojiz muxbir 24 soatlik tok-shousi uchun Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi


Livan davlat televideniyesining mashhur musiqaviy ko‘ngilochar dasturlari muallifi va boshlovchisi Dalia Freyfirning nomi Ginnesning rekordlari kitobida qayd etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

To‘xtovsiz bir sutka davom etgan tok-shouda muxbir Livan va boshqa arab mamlakatlarining 40 dan ziyod ijodkori — bastakor, qo‘shiqchi, artist, yozuvchi hamda rassomlar bilan jonli muloqot olib bordi. Ko‘rsatuvda jami 91 kishi ishtirok etdi.

18 yoshida aviahalokat natijasida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Dalia o‘z suhbatdoshlarini ko‘rmay tok-shou olib borgani uchun ham shunday muvaffaqiyatga erishgani ta’kidlanmoqda.

Rekord o‘rnatilgani haqidagi guvohnomani qo‘lga kiritgach, Dalia hukumat va jamiyatni ko‘zi ojiz odamlarga nisbatan e’tiborliroq bo‘lishga chaqirdi.

Ularga ushbu hayotda o‘z o‘rnini topishi va ishga joylashishiga yordam beringlar.

Dalia Freyfir, livanlik muxbir

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют