» » Samarqandda qaynonasini vahshiylarcha o‘ldirgan kelin qamoqqa olindi

Samarqandda qaynonasini vahshiylarcha o‘ldirgan kelin qamoqqa olindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018-yil 25-iyundagi ajrimiga muvofiq qaynonasining o‘limida ayblanib qo‘lga olingan Sh. A. Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

24-iyun kuni Samarqand shahrida bedarak yo‘qolib qidiruvda bo‘lgan, Chilustun mahallasida yashagan 76 yoshli ayol — X.A.ning jasadi shu kuni “Yangiobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanalidan turli jarohatlar bilan topilgan edi.

Olib borilgan tekshirish ishlari natijasida marhuma X.A.ning birga yashovchi 36 yoshli kelini Sh.A. shu yil 14-iyun kuni uyida o‘zaro janjal oqibatida qaynonasi X.A. tanasining turli joylariga pichoq bilan urib, o‘ldirganligiga iqror bo‘ldi.

U shundan so‘ng jinoyatni yashirish maqsadida pichoq va jasadni sellofan paket hamda gilamga o‘rab, yashash uyining yerto‘lasiga olib tushib saqlab kelgan. 19-iyun kuni esa Siyob kanaliga tashlab yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют