» » AQSh Turkiyaga Rossiyadan harbiy texnika xarid qilgan taqdirda sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi

AQSh Turkiyaga Rossiyadan harbiy texnika xarid qilgan taqdirda sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi


Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini xarid qilsa, Amerika hukumati Anqaraga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi Uess Mitchellning so‘zlariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Biz Turkiyaga Rossiyadan S-400 majmuasini xarid qilgan taqdirda sanksiya joriy qilinishini tushuntirdik. Biz sanksiyalarni ‘Amerika dushmanlariga sanksiyalar yordamida qarshilik ko‘rsatish’ qonuniga muvofiq joriy etamiz”, — deydi Mitchell.

U, shuningdek, ushbu xarid Turkiya va AQSh munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uni qayta tiklash qiyin bo‘lishini ham ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют