» » Bir qator musulmon davlatlari fuqarolarining AQShga kirishi taqiqlanishi mumkin

Bir qator musulmon davlatlari fuqarolarining AQShga kirishi taqiqlanishi mumkin


AQSh Oliy sudi Donald Trampning bir qator musulmon davlatlari fuqarolarini AQShga kiritmaslik to‘g‘risidagi farmonini qonuniy deb topdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Dastavval Oliy sud diniy diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yilgani uchun farmonni Konstitutsiyaga zid deb topib, tasdiqlashdan bosh tortgan.

Farmonni qonuniy deb topishga AQSh Oliy sudinining besh sudyasi ovoz bergan.

2017-yil dekabrda San-Fransiskodagi 9-okrug apellyatsiya sudi hujjatning bir qancha bandlarini Tramp vakolatlari doirasidan tashqarida ekanini ma’lum qilgan.

Fevralda sud vakillari qarorning musulmonlarni kamsitayotgani sababli AQSh konstitutsiyasiga zid kelishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют