» » Sevgan qizining qo‘lini so‘ramoqchi bo‘lgan xitoylik yigit mehmonxonani yoqib yubordi

Sevgan qizining qo‘lini so‘ramoqchi bo‘lgan xitoylik yigit mehmonxonani yoqib yubordi


Xitoyda yashovchi fuqaro mehmonxonada sevgan qizining qo‘lini so‘ramoqchi bo‘ldi va unga atab romantik kecha tashkillashtirdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.

Yigit mehmonxona nomerida sakkizta yonayotgan shamni yurak shaklida joylashtirdi. Shundan so‘ng u sevgan qizini nomerga olib kelish uchun ketdi.

Sevishganlar mehmonxonaga yaqinlashganida bino oldida o‘t o‘chiruvchilar turgan edi. Ular yonayotgan nomerdagi olovni o‘chirish bilan ovora edi.

Qayd etilishicha, yong‘in shamlardan biri gilamga tushib ketganidan so‘ng boshlangan. O‘xshamagan romantik tadbir natijasida mehmonxonaning sakkizta nomeriga zarar yetgani aytilmoqda.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni 60 daqiqa ichida o‘chirgan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Endilikda xitoylik yigit mehmonxonaga zararni qoplash uchun 38 ming dollar to‘lashi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют