» » Qozog‘iston joriy yil kuzda O‘zbekistonga benzin yetkazib berishni boshlaydi

Qozog‘iston joriy yil kuzda O‘zbekistonga benzin yetkazib berishni boshlaydi


Qozog‘iston joriy yil kuz mavsumidan boshlab O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga benzin yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Yil oxiriga qadar Qozog‘iston 400 ming tonna benzin eksport qilishni rejalashtirgan.

Neft mahsulotlarini qayta ishlash, transportirovka qilish va marketingi bilan shug‘ullanadigan “Kazmunaygaz” kompaniyasi vakili Daniyar Tiyesovga ko‘ra, bugungi kunda Qozog‘istonda ortiqcha miqdorda benzin to‘planib qolgan va uning hajmi kun sayin oshib bormoqda. Shu yilning kuziga qadar Qozog‘iston hukumati barcha hamkor mamlakatlar bilan kerakli hujjatlarni imzolashni ko‘zlamoqda.

Kelasi yilda Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berilayotgan benzin hajmini 1-1,2 million tonnaga yetkazishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют