» » Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga Minskda elchixona qurishni taklif qildi

Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga Minskda elchixona qurishni taklif qildi


Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga Minskda elchixona qurishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat telegraf agentligi ma’lum qildi.

“Biz O‘zbekiston bilan ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Elchixona binosi qurishga qaror qilsangiz, yaxshi joy taklif qilishimiz mumkin”, — dedi Lukashenko O‘zbekiston elchisi Nosirjon Yusupovdan ishonch yorlig‘ini qabul qilib olganidan so‘ng.

Lukashenko O‘zbekiston va Belarusni bog‘lab turgan do‘stlik rishtalarining yuqori baholashini va ko‘p yilllik hamkorning Minskda to‘laqonli diplomatik vakolatxona ochish haqidagi qarorini qo‘llab-quvavatlashini aytdi.

“Bu o‘zaro muloqotni chuqurlashtirish uchun o‘z vaqtida amalga oshirilgan muhim qadam qadam”, — dedi Belorus rahbari.

Nosirjon Yusupovga ko‘ra, Belorus rahbari O‘zbekiston tomonining elchixona qurish niyatini anglagan.

“Bu biz uchun yaxshi taklif va yaqin orada uni amalga oshirishga kirishamiz. Albatta, oldin ayrim tashkiliy-texnik ishlarni hal qilib olishimiz kerak”, — dedi elchi.

Belorus va O‘zbekiston munosabatlari oxirgi vaqtlarda izchil rivojlanib bormoqda. Ayni vaqtda ikki tomon ham Belorus rahbarining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют