» » Sergelida 4 yilda 80 ga yaqin yirik investitsiyaviy loyiha amalga oshiriladi

Sergelida 4 yilda 80 ga yaqin yirik investitsiyaviy loyiha amalga oshiriladi


Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida 2018 — 2021-yillarda 80 ga yaqin yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda jurnalistlar ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimligi mutasaddilari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Ushbu maqsadlar uchun 4 trillion so‘mdan ortiq mablag‘, 362 million AQSH dollaridan ortiq chet el sarmoyasi jalb qilinadi.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, tumanda 10 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda hududda istiqbolli loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu yilning uchinchi choragida tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Laura Peri Fashion korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning umumiy qiymati 33 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, tumanda kelgusi yilda yuqori texnologiyali zamonaviy uskunalar yordamida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Orient Confestion, shu yilda qurilish mixlari, temir simlar va payvandlash elektrodlar ishlab chiqarish bo‘yicha Central Asiya korxonalarini ochish mo‘ljallangan.

Qolaversa, zamonaviy besh yulduzli mehmonxona, Biznes markazi, ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, ko‘ngilochar istirohat bog‘i hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘p qavatli uylar qurish ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют